Mirziyoyev Ortiqxo‘jayev yelkasiga bir qator vazifalar yukladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri hokimi poytaxtda yil davomida ishlaydigan zamonaviy akvapark, attraksion, safari gullar, chiroqlar va boshqa mavzuli parklar tashkil etish lozim. Bu topshiriqni shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qolish va “ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bu orqali poytaxtda qo‘shimcha 1 million sayyohni jalb qilish imkoniyati bor.

Shuningdek, yig‘ilishda Toshkent shahri hokimiga poytaxtda:

•  yil davomida ishlaydigan zamonaviy akvapark, attraksion, safari gullar, chiroqlar va boshqa mavzuli parklar; 

•  tunu-kun ishlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo ko‘chalari;

•  restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro konsertlarini yo‘lga qo‘yish;

•  ochiq osmonda shou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) tashkil etish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Prezident joriy yilda ichki turizm oqimini kamida 10 millionga yetkazishi shartligini ta’kidladi. Buning uchun tuman, shahar hokimlari oldiga turizm salohiyati yuqori 28 ta tuman va shahar, 135 ta mahalla imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, infratuzilma muammolarini hal qilib berish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimi 1 oktyabrga qadar xorijdan jalb qilingan malakali ekspertlar bilan birga Temuriylar tarixi, O‘zbekiston tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasini zamon talablariga asosan yangilash bo‘yicha ishlarni boshlash kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing