Mirziyoyev oilasi bilan saylov uchastkasiga keldi  

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu jarayonga tongi soat 8:00 da start berilgan va kechki soat 20:00 gacha davom etadi.

Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Mirziyoyevning 9 nafar oila a’zosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqiga egalar ovoz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

603

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing