Mirziyoyev nomidan “Arqadag‘” tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida tor doirada uchrashuv hamda ikki tomon hukumat vakillari bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazildi, shundan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. 

Samarali muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Tadbirda mamlakatning turli hududlaridan kelgan turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz – mehnat faxriylari, fan va madaniyat namoyandalari, ijodkorlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari ham ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonni rivojlantirish, birodar xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 

Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

Milliy kuy-qo‘shiqlarda o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing