Mirziyoyev Matviyenkoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
Jamiyat
−
28 avgust 2021
4950O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi Valentina Matviyenkoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Matviyenko O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan faol sa’y-harakatlari va shaxsiy hissasi uchun mukofotlandi.
Matviyenkoni taqdirlash haqidagi farmon bugun, 28 avgust kuni respublika ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilindi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Matviyenko “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish uchun to‘liq qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorlik dasturlari va loyihalarini samarali amalga oshirishda ko‘maklashish, shu jumladan mintaqalararo o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to‘liq oshkor etgani”, uchun taqdirlangan.
LiveBarchasi