Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 may kuni G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

Atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan.

Davlat rahbari hamda Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni safdagi harbiylarni bayram bilan tabrikladi.

Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi.

Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Bu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. 

Ushbu yodgorlik o‘zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasining timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing