Mirziyoyev mas’ullarga uyma-uy yurib aholidan xabar olishni buyurdi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
8800Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga uyma-uy yurib aholidan xabar olish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Mazkur yig‘ilishda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar olishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yong‘inni oldini olish bo‘yicha amaliy va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonadonma-xonadon isitish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli mutasaddilar va hududlar hokimlari hisobot berdi.
LiveBarchasi