Mirziyoyev Koreya Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2022
5204Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahri markazida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinchda 151 kishi vafot etdi. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi qayd etilgan.
LiveBarchasi