Mirziyoyev Xo‘jalar mahallasida yashovchi oila mehmoni bo‘ldi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
9202Bugun, 12 oktyabr kuni Buxoro viloyatida bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xo‘jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi.
Mahalla Qorako‘l tumani markazida joylashgan bo‘lib, 2 ming 800 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda ko‘plab savdo shoxobchalari, to‘qimachilik korxonalari bor.
Davlat rahbari shu mahallada yashovchi Sohib Xo‘jamberdiyev xonadonida mehmon bo‘ldi.
Oila boshlig‘i tadbirkor. Turmush o‘rtog‘i Diloromxon bilan ikki farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Ular mahalladagi omilkor oilalardan. Tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Chorva va parranda ro‘zg‘orga baraka kiritadi.
Xonadon sohiblari bilan mamlakatdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida samimiy suhbat bo‘ldi.
Mahalla nuroniylari yurtga qut-baraka va farovonlik tilab duo qildi.
LiveBarchasi