Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining O‘zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, mudofaa, ichki ishlar vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlike kengashi kotibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda erishilgan amaliy natijalar, global tendensiyalar, shuningdek, jahon va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlar ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari belgilab olindi.

O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiqlik va ishonch siyosati tufayli Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvga asoslangan mutlaqo yangi siyosiy muhim shakllangani ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, oliy darajadagi tadbirlar natijasida an’anaviy do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH,

Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Osiyo qit’asi davlatlari bilan hamkorlik salmoqli darajada mustahkamlandi. 

Asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlar bilan o‘zaro savdo hajmlari barqaror ortib borayotgani, Markaziy Osiyoda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, hududlararo hamkorlik faollashgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan, jumladan, parlament tomonidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning BMT, SHHT, MDH, IHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu tuzilmalar doirasida mamlakat tashabbuslarini ilgari surishga doir vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy baholandi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga hamkor davlatlar bilan o‘zaro manfaatli muloqotni yo‘lga qo‘yishni davom ettirish, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalar doirasida milliy manfaatlarni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing