Mirziyoyev kelasi hafta Rossiyaga boradi. Tashrif sababi tushuntirildi
Jamiyat
−
24 dekabr 2022 20312 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasidan xabar qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust