Mirziyoyev qo‘shnilar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda  Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ham ishtirok etgan.

Majlisda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqilgan.

Mamlakatda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muhokama qilingan.

Davlat rahbari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar bergan.

“Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing