Mirziyoyev Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini tekshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi “Termiz” dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining brigada taktik o‘quvini kuzatdi.

Prezident Matbuot xizmatining yozishicha, ushbu mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘tkazilgan.

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar bilan olib borilayotgan 20 dan ortiq o‘quv joylaridagi jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan tanishgan. Shuningdek, dala sharoitida mobil texnik-ta’mirlash zavodining imkoniyatlari, qo‘mondonlik boshqaruv punkti faoliyati ko‘zdan kechirilgan.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘ngi olti yil davomida Mudofaa tizimidagi barcha dala o‘quv maydonlari, harbiy qism va muassasalarda xalqaro talablar asosida qurilish va ta’mirlash, zamonaviy vositalar bilan jihozlash ishlari olib borildi”, deb yozmoqda Prezident Matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, “Termiz” dala o‘quv maydonida ham Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining dala sharoitida jangovar bilim, ko‘nikma va ruhiy tayorgarligini oshirish, taktik o‘quvlarni o‘tkazish hamda harbiy san’at sohasida izlanishlar olib borish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan eng ilg‘or sharoitlar yaratilgan.

Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.

Shu yerda brigada taktik guruhi shaxsiy tarkibi bilan muloqot o‘tkazilgan. Prezident dunyoda axborot xuruji tobora avj olayotgan bugungi kunda Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada mustahkamlash, xalq va armiya birdamligini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy sohadagi islohotlarning o‘zagini tashkil etishi kerakligini ta’kidlagan.

Mirziyoyev qo‘shinlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muntazam oshirib borish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing