Mirziyoyev Qozonga yetib bordi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Qozon shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRICS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etadi.

Ertaga "BRICS plyus" formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made