Mirziyoyev Qozon federal universiteti filialiga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Prezidentning keyingi manzili Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti bo‘ldi. 

“Bu universitet Rossiyadagi eng qadimiy va keng qamrovli oliy ta’lim muassasalaridan biri. Uning Jizzax filiali o‘tgan yili ish boshladi va bugungi kunda 325 nafar talaba ta’lim olmoqda. Umuman, muassasa 1 ming 88 o‘rinli”, deb yozmoqda Prezident Matbuot xizmati.

Universitetda davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiyot biokimyosi, jurnalistika, iqtisodiyot, geologiya, tilshunoslik, dasturiy muhandislik, axborot tizimlari va texnologiyalari hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi 11 yo‘nalishda mutaxassis tayyorlanadi.

Davlat rahbari muassasa uchun qo‘shimcha bino ajratib, qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan


Maqola muallifi

Teglar

Qozon federal universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar