Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
07 avgust
1950Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Ostona shahrida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi