Mirziyoyev qizini Finlyandiya Prezidenti bilan tanishtirdi
Jamiyat
−
01 noyabr 2025 6145 1 daqiqa
Kecha, 31 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevani Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan tanishtirdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan tanishganimdan xursandman. Suhbat chog‘ida Finlyandiya Prezidentining tashrifi va O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar o‘zaro manfaatli sohalarda sheriklikni kengaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lishini ta’kidladim”, deya yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazgandi. Shuningdek, Prezidentlar Qo‘shma bayonotni imzolagandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr