Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan yangi GES qurilishini muhokama qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi va Prezident rahbarligida Samarqandda ro‘y bergan ulkan yangilanishlarni alohida qayd etdi.

Samarqand sammiti yakunlari SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashi va tashkilotning xalqaro nufuzini yuksaltirishi shubhasiz ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar birodar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 16 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan elektrotexnika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha – Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlik faol rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing