Mirziyoyev ilk bor “Tolibon” rasmiysini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan “Tolibon” muvaqqat hukumatida sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga “Tolibon” rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi. Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston rahbari iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, “Hayraton” sanoat markazini tez fursatda barpo etish, u yerda farmatsevtika, mebelsozlik, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini joylashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Transafg‘on temiryo‘li va “Surxon - Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish kabi yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing