Mirziyoyev ikki viloyat hokimiga hayfsan berdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 19113 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga hayfsan berdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda davlat rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidlagan.
Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki ob’ektlari mavjudligi keskin tanqid qilingan.
Qayd etilishicha, Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh ob’ektlar sotilmasdan turibdi.
Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun hayfsan e’lon qilingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr