Mirziyoyev ikki hokim va ayrim sektor rahbarlarini ishdan oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 aprel kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda bunday o‘zibo‘larchilik holatlari qattiq tanqid qilingan. Yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Furqat va Ulug‘nor tumani hokimlari, Shofirkon, Qamashi, Xiva, Chust, Xo‘jayli va Angor tumanlaridagi ayrim sektor rahbarlari lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Yana qator mutasaddilar qat’iy ogohlantirilib, vaziyatni o‘nglashi uchun muhlat berilgan.

Galdagi vazifalar ijrosini tashkil etish, yoshlar bilan ishlaydigan muassasalarga imkoniyatlarni kengaytirish chora-tadbirlari belgilangan.

“Eng muhim vazifa, avvalo, yoshlar bandligini ta’minlash, munosib daromad olishi uchun ularga sharoit yaratib berish. Bu boradagi eng katta imkoniyat va zaxiramiz bu – tadbirkorlik, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesdir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etish vazifasi qo‘yilgan. Bu tizimda xalqqa ham, tashkilotlarga ham ma’qul bo‘ladigan bir qancha imtiyozlar belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing