Mirziyoyev Eron Prezidentiga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
09 iyun 2022
8535O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Janubiy Xuroson muzofotida yo‘lovchi poyezdi falokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan edi. Oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi. Hodisa Janubiy Xuroson viloyatida yuz bergan va bunga poyezd hamda ekskavatorning to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. To‘rtta vagon relsdan chiqib, ag‘darilgan.
Viloyatdagi Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 430 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
LiveBarchasi