Mirziyoyev Erdo‘g‘anni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

Aytilishicha, suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olingan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing