Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, Turkiya janubi-sharqida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, zilzila oqibatida 7 viloyatda 76 kishi hayotdan ko‘z yumib, 440 kishi jarohatlangani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing