Mirziyoyev elektr va gaz muammosi uchun yechimini aytdi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2021
13711Bundan buyon, samarasiz korxonalar davlatdan qo‘shimcha yordam olmasdan, xususiy sektor kabi “o‘z aravasini o‘zi tortishi” shart. Bu haqda amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePning X s’ezdidagi nutqida aytib o‘tdi.
Bunda, mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, transport kabi tarmoqlardagi 23 ta yirik korxona xalqaro kredit reytinglarini olish orqali ichki va tashqi moliyaviy bozorlarga mustaqil chiqib, investitsiya loyihalari uchun o‘zi mablag‘ jalb qilishi talab etiladi.
Shuningdek, energiya resurslari bozori erkinlashtirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinadi.
Mirziyoyevga ko‘ra, natijada 2026 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt-soatga oshiriladi va jami 100 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi.
Bundan tashqari, kelgusi yilda tabiiy gaz bo‘yicha ham erkin bozor tamoyillarini joriy etish jarayonlari boshlanadi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini erkinlashtirish bilan birga, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalari kiritiladi.
Shu bilan birga, bank tizimini transformatsiya qilish orqali, xususiy banklarning ulush jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkaziladi.
LiveBarchasi