Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2025 4657 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
“Rossiya-Markaziy Osiyo” sammiti bugun, 9 oktyabr kuni tushdan keyin boshlanadi. Bu formatdagi uchrashuvlarning ikkinchisi bo‘ladi, birinchisi 2022 yil oktyabrida Ostonada o‘tkazilgan. Ushbu formatda Vladimir Putin Markaziy Osiyoning besh davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari bilan uchrashadi. Ushakovning aytishicha, kun tartibida savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion, sanoat, logistika, energetika va boshqa sohalardagi olti tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Yakuniy hujjat sifatida yetakchilar 20 dan ortiq banddan iborat kommyunike qabul qiladi.
Ertaga, 10 oktyabr kuni Dushanbeda MDH davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi. Dastlab faqat davlat rahbarlari va MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirokidagi tor doiradagi yig‘ilish bo‘ladi, so‘ngra tushlik atrofida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv o‘tkazilib, unda Sergey Lebedev hamda Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova so‘zga chiqadi.
Sammitda davlat rahbarlari yangi format – “MDH+”ni tashkil etish masalasini muhokama qiladi. Bu formatga uchinchi mamlakatlarning qo‘shilishi nazarda tutiladi. O‘xshash tizim BRICS va SHHT doirasida ham amal qiladi. Vladimir Putin o‘z nutqi davomida MDH rahbarlarini dekabr oxirida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan norasmiy uchrashuvga Sankt-Peterburgga taklif qiladi. Uning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025