Mirziyoyev Dog‘istondagi terakt sabab Putinga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
24 iyun
13964O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Maxachqal’a shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoralagan hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni kechqurun Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘lgandi. Jangarilar bir vaqtning o‘zida Maxachqal’a va Darbandga hujum qildi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning ma’lum qilishicha, 15 dan ortiq politsiyachi, shuningdek, bir necha tinch aholi terakt qurboni bo‘lgan.