Mirziyoyev Buyuk Britaniya qirolichasiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qirolichaga hamdardlik bildirdi.

Quyida Prezident ta’ziyasining to‘liq matni keltiriladi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Birlashgan Qirolligi Qirolichasi

Yelizaveta II Hazrati Oliyalariga

Hazrati Oliyalari!

Turmush o‘rtog‘ingiz - Edinburg gersogi, shahzoda Filipp Hazrati Oliylari vafot etgani munosabati bilan Sizga samimiy ta’ziya va hamdardlik izhor etaman.

Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo‘lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg‘udoshman.

Shunday og‘ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a’zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing