Mirziyoyev Buyuk Britaniya bilan sherikchilik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jamiyat
−
27 aprel 2021
3437O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bilan sherikchilik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Bitim 2019 yil 31 oktyabrda Toshkent shahrida qabul qilingan.
LiveBarchasi