Mirziyoyev bugun o‘qituvchilar bilan muloqot qiladi

Jamiyat

image

Bugun, 15 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda u yerda o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Tadbirda davlat rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 sentyabr kuni Prezident “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev o'qituvchi Bo'stonliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing