Mirziyoyev bugun xavfsizlik sohasida muhim yig‘ilish o‘tkazadi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022 14370 1 daqiqa
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2021 yil yakunlari hamda 2022 yilga ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan so‘ng ilk tashrifni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalariga malga oshirgan edi.
Live
Barchasi