Mirziyoyev bu hafta Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qatnashadi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing o‘tkazmoqda. Unda o‘tgan hafta davlat rahbari faoliyati bo‘yicha jurnalistlarga qo‘shimcha axborotlar taqdim etildi.

Prezidentning Tojikistonga bo‘ladigan bo‘lajak tashrifida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun faqat amaliy bitimlar imzolanishi, hech qanday hadli memorandumlar bo‘lmasligi ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni barcha bitimlar pishiq-puxta bo‘lishi, ularning moliyalashtirish manbalari, ijrochi va muddatlari aniq bo‘lishi lozimligi haqida mas’ullarga topshiriq bergan.

Bu hafta Prezident quyidagi tadbirlarda ishtirok etadi:

  • Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot,
  • sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor;
  • ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Prezident: 

  • Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Berdeni qabul qiladi;
  • Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Brifing bo‘layotgan ayni daqiqalarda esa Prezident Qozog‘iston rahbari Qosim Jo‘mart To‘qayev bilan muloqot qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing