Mirziyoyev BMT konferensiyasida birinchilardan bo‘lib nutq so‘zlaydi

Jamiyat

image

Bugun, 1 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlaydi.

140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog‘i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o‘ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi. O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo‘lib so‘z berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida juda muhim va dolzarb masalalarga to‘xtatilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Butunjahon iqlim sammitida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Isroil Prezidenti Isxaak Gersog va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos, shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches, Polsha Prezidenti Anjey Duda va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga yetib borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Dubay BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing