Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
13 yanvar 2025 4439 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan bugun, 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Prezidenti "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, davlat rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr