Mirziyoyev Ashxobodda Pokiston Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
28 noyabr 2021 5775 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga yetib kelgani, davlat rahbarini aeroportda Turkmaniston Prezidentining o‘zi kutib olgani haqida xabar bergandik.
Qayd etish kerakki, u yerda Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda.
Ashxobod shahrida o‘tayotgan IHT sammiti tadbirlari doirasida Respublika Prezidenti Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yo‘nalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.
Live
Barchasi