Mirziyoyev Ashxobodda. Aeroportda davlat rahbarini “Arqadag‘”ning o‘zi kutib oldi 

Jamiyat 15651
image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tongda Ashxobod shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga keldi. Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan so‘ng mamlakatlar yetakchilari muzokara o‘tkazdilar.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari va birodar turkman xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Betaraflik kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonning IHTdagi sermahsul raisligini yuksak baholadi va Ashxobod sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

So‘ng tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 545
Reyting: 3.2
t
×