Mirziyoyev Abu Dabi valiahdi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Al-Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Abu Dabi valiahdi Amirliklar xalqi nomidan do‘st O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.

Tomonlar 2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi ishlarning amaliy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Kuni kecha Masdar kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda quvvat 100 MVtli ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bundan tashqari, energetika tarmog‘ida yana oltita yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Turli tarmoqlarda umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 15 ta investitsiya loyihasini ilgari surish ishlari olib borilmoqda.

Boshqaruv sohasida kadrlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasida qator muhim dasturlar, gumanitar almashinuv loyihalari amalga oshirilmoqda.

Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing