Mirziyoyev 300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish kerakligini aytdi

Jamiyat

image

Har qancha qiyin bo‘lmasin, 300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 fevral kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Bu dasturni hanuz davom etayotgan pandemiya sharoitida, global inqiroz kuchayib borayotgan murakkab bir vaziyatda amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Har qancha qiyin bo‘lmasin, 500 ming nafar yosh va 200 ming ayolni ish bilan ta’minlash hamda 300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish lozim. Agar “mahallabay” tizimni joyiga qo‘yib, davlat idoralari dasturdagi vazifalarni qunt bilan, ilm bilan, aql bilan bajarsa, keskin o‘zgarish bo‘ladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu bilan birga, yig‘ilishda rivojlanishdan ortda qolayotgan 33 ta tuman va og‘ir ahvoldagi 970 ta mahallaning yo‘li, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmog‘ini yaxshilash, tibbiyot va ta’lim tizimidagi islohotlarni eng uzoq qishloqlargacha yetkazish zarurligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing