Mirziyoyev 100 mlrd evaziga yangilangan markaz bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu markaz Prezidentning 2020 yil 30 oktyabrdagi farmoniga muvofiq, to‘liq yangilangan. Davlat byudjetidan ajratilgan 100 milliard so‘m evaziga binolar ta’mirlanib, uzluksiz elektr ta’minoti qurilmalari, pretsizion konditsionerlar, katta hajmli server va kompyuterlar bilan jihozlangan.

Natijada markaz quvvati 8 martaga oshgan, elektron xizmatlar ko‘lami kengaygan. Shaxsiy kartochkalarda saldo qatorlarini hisoblash kabi murakkab jarayonlar 10 barobar tezlashgan. Masalan, ilgari respublika bo‘yicha hisoblashga 24 soat ketgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon 2-3 soatda amalga oshirilmoqda. Bu yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Kiberhujumdan himoya, biznes-analitika texnologiyalari joriy qilingan. “e-ijara”, “e-imtiyoz”, “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari”, “Soliq tekshiruvlari”, “Avtomatlashtirilgan kameral nazorat tizimi”, “Soliq uzilishi koeffitsiyenti” kabi yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan.

“Bu markazni mamlakatimiz soliq tizimining “miyasi” deyish mumkin. Bu yerga barcha soliq to‘lovchilarning ma’lumotlari integratsiya qilingan. 50 nafarga yaqin malakali mutaxassis soliq aylanmasini onlayn rejimda kuzatib, masofadan tezkor xizmat ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari markazdagi ish jarayonini ko‘zdan kechirgan. Soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing