Mirziyoyev ham G‘alaba paradi uchun Moskvaga boradi
O‘zbekiston
−
06 May 2024 16820 1 daqiqa
9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradining faxriy mehmonlari orasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy paradning faxriy mehmonlari – Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon , Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos Prezidenti Tongloun Sisulit, Gvineya-Bisau Respublikasi Prezidenti Sisoku Embalo bo‘lishi kutilyapti.
“Putin bilan birgalikda davlat rahbarlari Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr