Mirobodda uch avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida uch avtomobil – Cobalt, Spark va VAZ-2108 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH haqida soat 18:20 da Mirobod tumanidagi Mehrjon va Banokatiy ko‘chasi chorrahasida sodir bo‘lgan. To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobili haydovchisi 37 yoshli Emil B. 37 yoshli Rustamjon I. boshqaruvidagi Spark va Enver A. boshqaruvidagi VAZ-2108 mashinalari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Spark haydovchisi Rustamjon I. tan jarohati olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTHning sababi: ikkinchi darajali yo‘lda harakatlanayotgan Cobalt avtomobili haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan mashinaga yo‘l bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Mirobod tumani

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing