“Miris-miris bolshe ne deris”. Lavrov AQSH bilan kelishuv haqida so‘z ochdi
Olam
−
27 dekabr 2021
7302Xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Rossiya-Amerika muzokaralari Yangi yil bayramlaridan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 27 dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“AQSH, shubhasiz, bizning asosiy muzokarachimiz. Yangi yil bayramlari tugagandan so‘ng, darhol aynan AQSH bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarning asosiy ishlarini olib boramiz”, deya bildirgan vazir.
Shuningdek Lavrovga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va AQSH o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar harbiylar ishtirokida o‘tkaziladi.
“Muzokaralar AQSH bilan aloqador idoralararo delegatsiyalar, Tashqi ishlar vazirligi, harbiylar ishtirokida olib boriladi. NATOga kelsak, biz ularni ogohlantirdik, chunki 2014 yildan beri ular harbiy chiziqdagi amaliy tadbirlarni to‘xtatib qo‘yishdi va faqat Bosh shtab boshlig‘iga vaqti-vaqti bilan telefonda qo‘ng‘iroq qilish bilan cheklanib qolishdi. Biz suhbat harbiylarning ishtirokida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot asnosida, mantiqiy bo‘lishi haqida aytdik", deydi Lavrov.
Qo‘shimda ravishda, vazir Rossiya delegatsiyasi tarkibidagi harbiylar yuqori saviyada ishtirok etishini qayd etgan.
Shuningdek, Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya Shimoliy Atlantika ittifoqiga taklif qilgan xavfsizlik shartnomasini muhokama qilishda NATOning o‘rtakashligi shart emas.
“Muzokarachi Stoltenberg bo‘lmaydi, u aslida Shimoliy Atlantika alyansi kotibiyatining asosiy ma’muri, lekin muzokaralarni blokning asosiy a’zolari, shu jumladan AQSH olib boradi", deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun NATO bilan muzokaralar qanday shaklda olib borilishi muhim emas, balki bu borada birinchi navbatda harbiy miqyosdagi kelishuvlarga “professional va mas’uliyat" bilan yondashgan holda erishish muhim.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg kelgusi yil, 12 yanvar kuni Rossiya-NATO kengashi yig‘ilishini chaqirishni taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi