Minskdan Toshkentga uchayotgan samolyotga bomba joylashtirilganmidi?

Jamiyat

image

Biroz avval, Minsk–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan Airbus A-320 samolyoti mina o‘rnatilgani haqidagi anonim xabardan keyin Domodedovo aeroportiga qo‘ndirilgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasining minalangan haqidagi xabarlar tasdig‘ini topmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Uzbekistan Airways” xabar berdi. 

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar berishicha, bugun, 11 aprel kuni Minsk –Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-710 reysi 15:39 (Toshkent vaqti bilan) Minsk milliy aeroportidan jadvalga muvofiq aviaqatnovni amalga oshirishni boshlagan.  

A320 havo kemasi Rossiya havo hududida bo‘lgan vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ,  shuningdek,  Rossiya va Belorussiya aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida ma’lumot yuborilgan.    

Havo kemasining yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari xavfsizligini ta’minlash maqsadida A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va ko‘zdan kechirish maqsadida eng yaqin Domodedovo xalqaro aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan.  

Ayni paytda layner, yo‘lovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirilgan. Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmagan.     


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1043

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing