Minglab dollar kissaga kirsa ham, u yerlarda yurish qanday og‘ir – Prezident Rossiyada ishlash haqida

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Shavkat Mirziyoyev Rossiyada bo‘lib qaytgan fuqaro bilan suhbatlashganini ko‘rish mumkin.

Avvaliga Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ushbu yigitning Rossiyada bo‘lib qaytganini aytib, uni Prezidentga tanishtirdi. Shundan so‘ng, Prezident chet elda ishlash va musofirlik haqida gapirdi.

“Musofir bo‘lmagan odam musulmon bo‘lmas, deganlariday buni hech kim tushunmaydi. Bir kun u yerda yurishning o‘zi qanday og‘ir, qanday qiyin. Ming-ming dollar kissaga kirsa ham, lekin ko‘rpachaning hidi, yostiqning hidi va ota-onaning duosi odamga boshqacha ko‘rinadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Lavhada ta’kidlanishicha, mehnat migratsiyasi Prezident uchun har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Aynan shuning uchun ham bugungi kunda asosiy fokus o‘n minglab ish o‘rinlari tashkil etish, chet ellarda ishlashni xohlovchilar uchun esa malaka oshirish va kafolatlangan ijtimoiy himoya sharoitlarini yaratishga qaratilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing