Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialiga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan Shavkat Shuhratovich Abdukomilov “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha Shavkat Abdukomilov “O‘zatom” agentligining Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Shavkat Abdukomilov texnika fanlari nomzodi.

Eslatib o‘tamiz, MMFI MTYAU Toshkent shahridagi filiali o‘z faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni boshlagan bo‘lib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi ta’lim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing