“Milliy” stadioniga 1500 dollar evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

“Milliy” stadioniga 1500 dollar yevaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar U.X. va X.M. fuqaro N.A. ni “Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadionining qo‘riqlash xizmatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga, undan 1500 AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Karmana tumani tibbiyot birlashmasi xodimi J.N. fuqaro A.Ch. ni mazkur birlashmaga ishga kirishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga undan 4,5 mln so‘m olgan vaqtida DXX va Departament tomonidan ushlandi

Shuningdek, Karmana tumani mudofaa ishlari bo‘limi xodimi N.A. fuqaro K.Z. ga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berib, Navoiy shahridagi kafedan 1,1 mln so‘m qarzi borligini aytadi va undan shu pullarni to‘lab qo‘yishini talab qiladi. 

O‘z navbatida K.Z. ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida K.Z. Navoiy shahridagi kafe ma’muriyatiga so‘ralgan qarzni to‘laganidan keyin, N.A. Departamentning hududiy boshqarmasiga chaqirtirilib, so‘rov suhbati o‘tkazilganda, u yuqoridagi holatni tan olib, aybiga iqrorligini bildirgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing