“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi

Biznes

image

Joriy yilning 14–15 may kunlari Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda Elektron kooperatsiya portali hamkorligida tashkil etiladi.

Ko‘rgazma tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma doirasida tog‘-kon va geologiya sohasiga oid yuqori texnologik mahsulotlar, sanoat startaplari, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etiladi. Shuningdek, mahalliy kontentni kengaytirish, “shatakka olish” tizimi orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kafolatli xarid shartnomalari va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Qadrli tadbirkorlar, ushbu ko‘rgazmada siz:

  • o‘z mahsulotlaringizni keng jamoatchilikka namoyish etish;
  • yirik sanoat korxonalari va korporativ buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
  • istiqbolli shartnomalar va kooperatsiya kelishuvlariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xususiy sektor va yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik zanjirini shakllantirish, tadbirkorlarni davlat xaridlariga keng jalb etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Barcha tadbirkorlarni “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

“Milliy sanoat zanjiri” — biznesingiz uchun yangi imkoniyatlar maydoni.

Ma’lumot uchun: 998(94)5058505, 998(97)8881001

Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, “Yangilik” MFY, Sanoat zonasi ko‘chasi, 147-uy.

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|InstagramX

Reklama huquqi asosida
 


Maqola muallifi

Teglar

“Milliy sanoat zanjiri”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar