Milliy xavfsizlik Jeenbekovning o‘rinbosarini hibsga oldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati sobiq rahbarining o‘rinbosari Almambet Saliyev hibsga olindi. Bu haqda “Kaktus media” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Almambet Saliyevni sobiq Prezidentning homiyligidan bahramand bo‘lgani, sud va davlat idoralari ishiga aralashgani, davlat manfaatlariga zarar yetkazadigan xatti-harakatlarni amalga oshirishda ayblamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Almambet Saliyev davlat xizmatida ishlayotgan paytda rasmiy daromadlari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajadagi mulkka ega bo‘lgan. 

Tergov jarayonlari natijasiga ko‘ra, Almambet Saliyev ko‘p qavatli binolar va boshqa tijorat ob’ektlarini qurish mobaynida qurilish kompaniyalaridan biriga yirik miqdorda investitsiya kiritgani aniqlangan. 

Sudgacha bo‘lgan tergov jarayonlari doirasida Saliyevning barcha mol-mulk va moliyaviy aktivlarini aniqlash bo‘yicha tegishli tergov-tezkor choralari ko‘rilmoqda.

Almambet Saliyev Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining  323-moddasi 2-qismi – "Noqonuniy boyish" bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, sudgacha bo‘lgan hibsxonaga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Jeenbekov o‘tgan yilning 15 oktyabrida iste’foga chiqqan. U Qirg‘izistonning eks-prezident imtiyozlaridan foydalanadigan yagona sobiq rahbar hisoblanadi. Fevral oyida esa faollar uni ushbu maqomdan mahrum qilish talabi bilan amaldagi rasmiylarga murojaat qilishgan edi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing