Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
8162O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 15 apreldagi qaroriga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra universitet quyidagilar uchun kadrlar tayyorlaydi:
• IIV va Milliy gvardiya uchun — jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
• Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida;
• qo‘riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun — qo‘riqlash sohasining barcha yo‘nalishlarida.
Ma’lumot qilishinicha, 2021/2022 o‘quv yilidan universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
Xabarga ko‘ra, qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi ta’lim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 15 apreldagi qaroriga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra universitet quyidagilar uchun kadrlar tayyorlaydi:
• IIV va Milliy gvardiya uchun — jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
• Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida;
• qo‘riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun — qo‘riqlash sohasining barcha yo‘nalishlarida.
Ma’lumot qilishinicha, 2021/2022 o‘quv yilidan universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi