Milliy Cola va “Vaqf” fondi Ramazon oyi uchun kelishuv imzoladi
Biznes
−
26 mart
7446Ramazon – xayr-saxovat, bag‘rikenglik va ehson oyi! Bu oyda yaxshi amallar 70 barobardan 700 barobargacha ko‘paytirib yoziladi, shuning uchun ham xalqimiz bu oyda qo‘ldan kelgancha yordamga muhtoj bo‘lgan aholiga muruvvat ko‘rsatishga harakat qiladi.
O‘zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Milliy Cola va Sayhun brendi Ramazoni sharif oyi davomida savdodan tushadigan daromadning bir qismini "Vaqf" xayriya jamoat fondiga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu mablag‘ yetim bolalar ehtiyojlariga, ular uchun kiyim-kechak, dori-darmon sotib olishga va aholining boshqa muhtoj qismini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
"Endilikda o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan bu yuqori sifatli salqin ichimlikni sotib olish orqali siz ham chanqog‘ingizni qondirasiz, ham savobli ishga o‘z hissangizni qo‘shasiz", deydi fond rahbari Isoxon aka Abdullayev.
Savobli ishlarning katta-kichigi bo‘lmaydi, bunday saxovat va rahmat oyida barchangizni bu xayrli ishda yelkadosh bo‘lib, muhtoj va yetim-yesirlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz.
☎️Telefon: +998996660666
Sayt: www.sayhun.uz
instagram: milliycola
Info: info@sayhun.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi