Milliarder Yuriy Milner Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Olam
−
11 Oktabr 2022
7787Milliarder Yuriy Milner o‘zi va uning oilasi 2022 yil yozida Rossiya fuqaroligidan voz kechganini Twitter’da yozib qoldirdi. Tadbirkorning vakili bu ma’lumotni “Forbes” jurnaliga tasdiqladi.
“Oilam va men 2014 yilda, Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan keyin Rossiyani butunlay tark etgan edik. Va bu yozda biz Rossiya fuqaroligidan chiqish jarayonini rasman yakunladik”, deydi tadbirkor.
Yuriy Milner 1999 yilda Isroil fuqaroligini olgan va bir necha yil mamlakatda yashagan, shundan so‘ng u AQSHga ko‘chib o‘tgan.
“Forbes” 2022 yilda Milnerning boyligini 7,3 milliard dollarga baholagan. Tadbirkor jurnal tomonidan tuzilgan eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida 15-o‘rinni egalladi.
Joriy yilning boshida Yuriy Milner Pavel Durov kabi boshqa rossiyaliklar bilan birga “Forbes”dan ularni rossiyalik tadbirkorlar deb hisoblamaslikni so‘radi.
Sentyabr oyida “Troyka Dialog” sarmoyaviy kompaniyasining sobiq egasi, asli armanistonlik Ruben Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. U tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasiga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi.
Iyun oyida Qozog‘istonda 10 yildan ortiq yashagan yana bir milliarder, Freedom Finance investitsiya kompaniyasi asoschisi Timur Turlov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi va shu yil Qozog‘iston fuqaroligini oldi.
LiveBarchasi